+998 78 129-0444
+998 90 356-3330
info@veropipe.uz

KARANTIN CHEKLOVLARI YUMSHATILMOQDA

19.05.2020

Koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan bir qator yo'nalishlar faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat berildi.

Qaror iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta'minlash, aholi o'rtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini ta'minlash uchun qabul qilindi. Quyidagilar faoliyatini qayta boshlashi mumkin:
qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shug'ullanuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (maydoni 500 kv.m dan kam bo'lmagan);
yirik ishlab chiqaruvchi sub'ektlarning o'z mahsulotlarini sotishga mo'ljallangan hududlardagi tarmoq do'konlari (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
hunarmand va ustalar – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do'kon) sotish faoliyatiga;
urug' va ko'chat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shug'ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlari (mulkchilik shaklidan qat'i nazar);
tijorat banklarining ob'ektlardagi shoxobchalari (kassalari);
avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shug'ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlari (mulkchilik shaklidan qat'i nazar);
avtomobillar, qishloq xo'jaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar (1 000 kv.m dan kam bo'lmagan maydonga ega bo'lgan);
kimyoviy tozalash bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari;
notarial idoralar va sug'urta kompaniyalari;
to'xtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha ob'ektlarini qurish ishlari.